21 fev 07:55
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Antaliyadagi turnirning asosiy to'riga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Terma jamoamiz azosi saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, u barcha uch uchrashuvda g'alabaga erishdi.
Kecha hamyurtimiz asosiy to'rga yo'llanma taqdim etuvchi uchrashuvda kanadalik Pavel Kraynikni 6:1, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Bu tennischi saralashda 16-raqam ostida harakat qilgandi.
Malumot uchun, Jo'rabek Karimov saralash bahslarining ilk davrasida shveycariyalik Steverin Steynerni 6:0, 6:0, ikkinchi bosqichda rossiyalik Ivan Kalininni 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar