01 dek 11:20
Yangiliklar
Tennis
Jo'rabek "Australian Open Asia-Pacific Wildcard Play-off"da ikkinchi o'yinini o'tkazdi
Tennichimiz Jo'rabek Karimov Xitoyning Juxai shahrida bo'lib o'tayotgan "Avstraliya ochiq chempionati"ga yo'llanma beruvchi turnirda ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
U bugun turnirning ikkinchi davrasida kortga chiqdi. Dunyo reytingida 266-o'rinni egallab turgan mezbon tennischiga qarshi o'yin Jo'rabek uchun qiyin kechdi.
Afsuski, 1 soat 5 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz tajribali raqibiga 3:6, 1:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va turnir bilan xayrlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar