30 okt 10:50
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek bu hafta ham Malayziyada, u birinchi raketkaga qarshi o'ynaydi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov bu hafta ham Malayziyada tashkil etilayotgan turnirda o'z mahoratini namoyish etadi.
Jo'rabek ikki hafta mobaynida ushbu mamlakatda o'tkazilgan ikkita turnirda qatnashib, birida chempion, ikkinchisi vice-chempion bo'ldi. Juftliklar bahsida ham bosh mukofotga ega chiqdi.
Bugundan asosiy to'r bahslari start oluvchi Kuala-Lumpurdagi turnirning ilk davrasida Karimovga jiddiy raqib ro'baro' keldi. Jo'rabek qura natijasiga ko'ra musobaqaning birinchi raketkasi, Xitoy Taypeyi vakili Ti CHenga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Ti CHen Jo'rabekdan reytingda deyarli 700 pog'ona yuqorida joylashgan. Karimov xitoylik Aoran Vong bilan birga turnirning juftliklar musobaqasida ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar