23 okt 10:40
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek bu hafta ham Malayziyada, uning ilk raqibi malum
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov bu hafta Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan turnirda o'z mahoratini namoyish etadi.
Jo'rabek o'tgan hafta Malayziyaning Kuching shahrida tashkil etilgan xuddi shu maqomdagi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. U bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi turnirda ham mahoratini namoyish etadi.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz birinchi bosqichda
rossiyalik Kristian Lozanga qarshi kortga chiqadi. Musobaqaning saralash bahslarida
ishtirok etgan Humoyun Sultonov esa Hindiston, Avstraliya va xitoylik
tennischilarni mag'lub etib, asosiy to'rga yo'llanma oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar