28 okt 09:47
Yangiliklar

Jo'rabek finalda birinchi raketkaga qarshi kortga chiqadi
Bizning vaqt bilan ertaga tongda “Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslaridagi g'olibi aniqlanadi. Kecha juftlikda bosh mukofotni qo'lga kiritgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov oltin dubl qayd etishga urinib ko'radi.
Bugun Karimov yakkalik bahslarining yarim final uchrashuvida turnirning ettinchi raketkasi yaponiyalik Ken Onishini 6:1, 6:3 hisobida mag'lub etgandi.
Tennischimizning final bahsidagi raqibi turnirning birinchi raketkasi gollandiyalik Skott Griekspur bo'ladi. Bir necha daqiqa avval Skott yarim finalda latviyalik Martins Podjusdan 6:2, 6:2 hisobida ustun keldi.
Taqqoslash uchun, 19 yoshli Jo'rabek dunyo reytingida 1029-o'rinni egallab turibdi. Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan 26 yoshli Skott 510-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar