24 may 08:44
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek italiyalik tennischini mag'lub etib, chorak finalga chiqdi
Ukrainaning Rivne shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Hamyurtimiz birinchi davrada turnirning birinchi raketkasi ukrainalik Artyom Smirnovni 6:3, 6:2 hisobida taslim etgandi.
Kecha Jo'rabek ikkinchi bosqich uchrashuvida italiyalik Andrea Bessiredan 6:2, 6:2 hisobida ustun keldi. Bugun Karimov chorak final bahsida ukrainalik Oleg Dolgosheevga qarshi kortga chiqadi. Tennischimiz ATP reytingida 504-o'rinda bormoqda. 21 yoshli Dolgosheev esa hech qanday reyting o'rniga ega emas.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar