30 okt 14:43
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek juftlikda chorak finalga chiqdi
Tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyadagi turnirning juftlik bahslarida ham ishtirok etmoqda.
Jo'rabek ushbu turnirda ham xitoylik Aoran Vang bilan birga ishtirok etmoqda.
Ular turnirdagi ilk o'yinda yaponiyalik tennischilardan tashkil topgan juftlik Ken Onishi va Ryota Tanumalarga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 3 daqiqa davom etgan o'yinda Jo'rabek va uning do'sti 6:2, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar