01 noy 11:27
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek juftliklar bahsida ham birinchi saralangan tennischilarni mag'lub etdi
Malayziyada tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turniri bo'lib o'tmoqda.
Xitoylik Aoran Vang bilan juftlik hosil qilgan Jo'rabek bugun turnirda birinchi raqam ostida saralangan Xitoy Taypeylik tennischilar Ti CHen hamda Jui CHen Xunglarni 5:7, 7:5, 10:8 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Yarim finalda endi o'zbek derbisini ko'ramiz. Jo'rabek va uning sherigi final yo'llanmasi uchun boshqa bir hamyurtimiz bor juftlik: Humoyun Sultonov va qirg'izistonlik Daniyar Duldaev hamkorligiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
UZB
6 6
(Q)
Wang, Aoran
CHN 3 1