So’nggi yangiliklar

21:33Ёзги Универсиада: Ҳисобимизда 1 та олтин ва 2 та бронза медаллари! 0 19:14"Пол Жошуани нокаут қилади" - Тайсон Фьюри 0 18:51Хабиб ҳалиям жангларга қайтиш таклифлари бўлаётганини айтди 0 18:26Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди 0 18:01Бир ўлиб тирилган Бен Аскрен касалхонадан чиқди 0 17:40"Ҳумо"нинг россиялик собиқ матбуот котиби: "Клуб янги мавсумни ўтказиб юбориши 3 ой олдин аниқ бўлганди, лекин..." 0 17:19Иржи Прохазка ва Халил Раунтри UFC 320 турнирида жанг қилади 0 16:57Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди 0 16:40Богдан Гусков: "Мен доимо тўлиқ уч раундга тайёргарлик кўраман" 0 16:32Хабиб агар Махачев Делла Маддаленани ютса, кейинги рақиб ким бўлишини айтди 0 16:10Рейтинги йўқ 45 ёшли Винус Уильямс 21 йиллик рекордни такрорлади 0 15:48Анкалаев: "Бу сафар Перейрани нокаут қиламан" 0 15:22МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди 0 15:01Макс Холлоуэй енгил вазн рейтингида кучли тўртликка кириб олди 0 14:41Хабиб Нурмагомедов айни дамдаги энг яхши оғир вазнли ММА жангчиси ким эканини айтди 0

04 iyu 13:40
Yangiliklar

Tennis

Jo'rabek Karimov 20 yoshga to'ldi

Istedodli tennischilarimizdan biri Jo'rabek Karimov bugun 20 yoshga qadam qo'ydi.

SHu munosabat bilan yosh sportchimiz haqidagi maqolani etiboringizga taqdim etamiz.

Yaqin uch-to'rt yil ichida Denis Istomin faoliyatini yakunlaydi va undan estafeta tayoqchasini kim tortib oladi? Bugun ushbu savolga javob topishga urinib ko'ramiz. Aniqroq aytadigan bo'lsak, Denisga o'rinbosar bo'lishi kutilayotgan Jo'rabek Karimov haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Jo'rabek Karimov 1998 yilning 4 iyunida Toshkent shahrida tug'ilgan. Tennis bilan etti yoshdan shug'ullana boshlagan. Murabbiyi Petr Lebed va Sergey Arkasin hisoblanadi. Asosiy zarbani o'ng qo'lda beradi, chapda ikki qo'lda o'ynaydi. Yoqtirgan qoplamasi xard kortlaridir.

O'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda 2011 yildan qatnasha boshlagan. O'sha davr haqida qisqacha malumot berib o'tsak. Grade A bu katta dubulg'a turnirlari, Grade-1 "Masters"lar, Grade-2 dan to Grade-5 gacha turnirlar mavjud. Bu turnirlarning farqi beriladigan reyting ochkolaridadir. Reytingi baland tennischilar tabiiyki A toifadagi va Grade-1,2 musobaqalarida qatnashishadi. Reytingi nisbatan pastroq tennischilar Grade-3-4-5 musobaqalarda ishtirok etishadi (Grade o'zbek tilida daraja, sinf, sifat manolarini bildiradi).



13 yoshga to'lgan Jo'rabek Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tgan Grade-5 Tennis Sunrise Open-2011 turnirida qatnashadi. Saralashda barcha raqiblarini engib, nimchorak finalgacha etib boradi (malumot uchun o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda 19 yoshga to'lmagan bolalar qatnashadilar). 2012 yil bir nechta musobaqalarda chorak finalgacha etib bordi va yil oxirida Malayziyaning Ipoh shahrida o'tkazilgan Grade-4 musobaqasida finalga qadar etib boradi, ammo hal qiluvchi bahsda hindistonlik Deshmukx SHilga 4-6 5-7 hisobida mag'lub bo'ladi. SHundan so'ng, Jo'rabek reytingdagi o'rnini ham yaxshilab oladi. O'sha yili Malayziyaning Sapavak shahrida bo'lib o'tgan Grade-3 musobaqasida yarim finalgacha, 2013 yilning yanvarida Hindistonda ham huddi shunday turnirda yarim finalgacha etib boradi. Ulg'aygani sari mahorati ham oshib borardi. Jo'rabek iyul oyida o'zining ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Ilk g'oliblik Toshkentdagi Grade-4 NBU Cup turnirida erishiladi. O'sha yili Qozog'istonda Grade-3 musobaqasida g'oliblik nashidasini suradi. Ushbu g'alabalardan so'ng Jo'rabek Karimov o'zini nisbatan yirikroq turnirlarda ham sinab ko'ra boshlaydi. "Katta Dubulg'a" va "Masters" musobaqalarida saralash bahslarida mahoratini oshirib boradi. SHunday bo'lsada, 2014 yil ham bekor ketmaydi. Qirg'izistonda G-4,Malayziyada G-3 va oktyabr oyida Tailandda G-2 musobaqalarida g'olib bo'lib, o'smirlar reytingida TOP50dan mustahkam o'rin egallab oladi. Bu vaqtga kelib Jo'rabek kattalar o'rtasida "Fyuchers" va "CHellenjer" musobaqalarida ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazib turardi.

2015 yil Jo'rabek uchun omadli bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. Yil boshida o'smirlar o'rtasida Avstraliya ochiq chempionati yarim finaliga qadar etib bordi va turnirning bo'lajak g'olibi rossiyalik Roman Safiulinga qarshi murosasiz bahsda uch setda 3-6, 7-6(4), 1-6 hisoblarida mag'lub bo'ldi. SHunday bo'lsada, hali o'n etti yoshga to'lmagan o'zbek o'g'loni haqida butun tennis matbuoti jar sola boshladi. O'sha yili qahramonimiz mart oyida Toshkentda o'tkazilgan G-2 musobaqasi finalida boshqa bir o'zbekistonlik tennischi Saidalo Saidkarimovni uch setda 5-7, 6-2, 6-2 hisoblarida mag'lub etib bosh mukofotiga ega chiqadi. SHundan so'ng Jo'rabek bor etiborini katta turnirlarga qaratadi va bir necha bor chorak va yarim finallargacha etib boradi. Yil yakuniga kelib esa Jo'rabek Karimov o'smirlar reytingida TOP20ga kirishga muvaffaq bo'ladi.

2016 yilgi Avstraliya ochiq chempionatida bir yil oldingi natijasini yaxshilashga ham erishadi, ammo finalda mezbon tennischiga uch set yakuniga ko'ra hozircha faoliyati davomidagi eng alamli mag'lubiyatni qabul qilib oladi - 2-6, 6-1, 1-6...

O'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda so'ngi yilini o'tkazayotgan Jo'rabek Karimov taqdirlash marosimida so'zga chiqib shunday degandi:

"Eng avvalro do'stim Oliver Andersonni g'alaba bilan tabriklayman. Men Avstraliya ochiq chempionatidagi ikki yilni juda yaxshi o'tkazdim. Bu yil o'smirlar tennisi bilan hayrlashaman va Avstraliyaga kelajakda kattalar o'rtasidagi musobaqalarda ko'rishguncha deb qolaman".

Stadion hamyurtimizni tik turgan holda olqishlagandi o'shanda.



Avstraliyadagi turnirdan so'ng Jo'rabek reytingda TOP10ga kirishga muvaffaq bo'ladi va fevral oyi oxirida Rossiyaning Qozon shahrida bo'lib o'tgan G-1 tasnifiga kiruvchi "Elcin kubogi" musobaqasi g'olibiga aylanadi. Mart oyida Toshkentdagi G-2 turniri g'olibiga aylanadi. Navbatdagi maqsad o'smirlar reytingida birinchi o'ringa ko'tarilish edi, biroq iyul oyida o'tkazilgan "Rollan Garros" musobaqasida chorak finalda greciyalik Stefanos Cisipasga qarshi bahsda nohush voqea yuz beradi. Birinchi setni 6-3 hisobida yutib olgan Jo'rabek ikkinchi setda 1-2 hisobi qayd etilib turgan vaziyatda kutilmaganda jarohat olib, uchrashuvni davom ettira olmasligi malum qiladi. Mana shu uchrashuv hamyurtimizning o'smirlar musobaqalardagi eng so'nggi uchrashuvi bo'lib qoladi. O'smirlar o'rtasida jami 173 ta uchrashuvda ishtirok etib, shularning 127 tasida g'olib bo'lib, 46 ta uchrashuvda mag'lubiyaga uchraydi. O'smirlar reytingida esa eng yuqori o'rni 2016 yilning 4 aprel sanasiga to'g'ri keladi - 6 o'rin!



2017 yilda o'smirlar tennisini butkul tark etib, o'zini kattalar o'rtasidagi musobaqalarda sinab ko'rayotgan Jo'rabek Karimov uchun bu yil muvaffaqqiyatli o'tdi desak adashmagan bo'lamiz. CHunki hamyurtimiz bir necha bor Serbiyada Yanko Tipsarevich akademiyasida mashg'ulotlar o'tkazdi, tajriba to'pladi va malaka oshirib qaytdi. Yilning ikkinchi yarmida esa, aniqrog'i oktyabr oyida ketma-ket uch hafta Malayziyadagi "Fyuchers" musobaqalarida ishtirok etgan Jo'rabek bir marta yarim finalga, bir marta finalgacha etib bordi. Bir marta esa turnir g'olibiga aylana oldi. Juftlik bahslarida ikki marta g'olib bo'ldi. Hozirda 66 ochko jamg'argan qahramonimiz (28 may kuni yangilangan ATP reytingida) 514-o'rinda qayd etilgan. Umid qilamizki, Jo'rabek Karimov kelajakda Denis Istominga munosib izdosh bo'lib etishadi va yurtimiz tennisini yuksaltirishga o'zining ulkan hissasini qo'shadi!


Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing