03 noy 11:30
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov "Fyuchers" yarim finaliga yo'l oldi
Tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziya kortlaridagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.
Bugun u chorak finalda livanlik Xadi Xabibga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 34 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz raqibini 6:7, 6:0, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Endi u finalga chiqish uchun gollandiyalik Skott Grieksporga qarshi kortga chiqadi.
Undan tashqari, Jo'rabek bugun juftlik bahslarida final o'yinini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar