27 okt 08:15
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Malayziya turnirida yarim finalga chiqdi
SHu kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov yakkalik bahslarida yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Jo'rabek hozirgina yakuniga etgan va 1 soatu 22 daqiqa
davom etgan chorak final uchrashuvida hindistonlik Arjun Kadxeni 6:1, 6:2 hisobida
mag'lub etdi. 19 yoshli Karimov dunyo reytingida 1029, 23 yoshli Kadxe esa 796-o'rinni
egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar