27 okt 13:50
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Malayziyada juftliklar bahsi g'olibiga aylandi!
Tennischimiz Jo'rabek Karimov bugun Malayziyadagi turnirda juftliklar bahsida final o'yinini o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Xitoylik Aoran Vang bilan juftlik hosil qilgan Jo'rabek finalda Gvatemala va Italiyadan tashrif buyurgan tennischilar juftligi Vilfredo Gonsales va Franchesko Vilardoga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 9 daqiqa davom etgan o'yinda Jo'rabek va uning sherigi 6:4, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi va turnirning juftlik bahslari g'olibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Jo'rabek turnirning yakkalik bahsida yarim final o'yinida ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar