29 okt 07:57
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Malayziyadagi turnir finalida o'ynadi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat turnir o'z yakuniga etdi.
Hozirgina “Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslari g'olibi aniqlandi. Bir kun avval juftlikda bosh mukofotni qo'lga kiritgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov yakkalik finalida ham kortga chiqdi.
Istedodli yosh tennischimizning raqibi turnirning birinchi raketkasi gollandiyalik Skott Griekspur bo'ldi. Bir soatu 4 daqiqa davom etgan final uchrashuvida Skott 6:3, 6:2 hisobida zafar quchib, bosh mukofotga ega chiqdi.
Taqqoslash uchun, 19 yoshli Jo'rabek dunyo reytingida 1029-o'rinni egallab turibdi. Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan 26 yoshli Skott esa 510-pog'onadan joy olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar