19 okt 11:22
Yangiliklar

Jo'rabek Karimov Malayziyadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Bundan bir necha daqiqa avval hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi. Uning raqibi hindistonlik Suraj Prabodx bo'ldi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Suraj ilk bosqichda turnirning 7-raketkasi yaponiyalik Ken Onishini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Jo'rabek esa rossiyalik Aleksandr Malcevdan 6:1, 6:1 hisobida ustun kelgan edi.
Etiborlisi,
bu safar ham xuddi shu hisob qayd etildi. Karimov hind tennischisini 6:1, 6:1
hisobida engib, chorak finalga yo'l oldi. Endi u yarim final chiptasi uchun
turnirning 3-raketkasi qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar