24 okt 12:18
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Malayziyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
O'tgan hafta Malayziyadagi turnirning bosh mukofotini qo'lga kiritgan Jo'rabek Karimov bu hafta ham Kuala-Lumpurdagi turnirda ishtirok etadi.
Sportchimiz ushbu turnirdagi juftliklar bahsida ilk o'yinini o'tkazdi. Xitoylik Aoran Vang bilan juftlik hosil qilgan vakilimiz ilk davrada Kaza (Hindiston) va Stevenson (Kanada)lardan tashkil topgan tandemga qarshi harakat qildi.
1 soat 38 daqiqa davom etgan o'yinda Jo'rabek va uning sherigi 6:3, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar