07 avg 19:19
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Minskdagi "Fyuchers"ni g'alaba bilan boshladi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa start oldi.
Bahslarda o'zbekistonlik sportchilar ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Tennis yangiliklarining xabar berishicha, O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Jo'rabek Karimov turnirdagi ilk o'yinini latviyalik Arturs Lazdinsga qarshi o'tkazdi va 6:4, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi. Endi u ikkinchi davrada Turkiya yoki Belarus vakiliga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Jo'rabek Karimov musobaqaning uchinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar