09 iyu 11:29
Yangiliklar
Tennis
Jo'rabek Karimov nima uchun Uimbldon chorak finalida o'yinni davom ettira olmagani malum bo'ldi
Jo'rabek Uimbldon chorak finalida nima uchun o'yinni davom ettira olmaganini aytdi.
"Turnir juda yaxshi boshlandi. CHorak finalda turnirning birinchi raqamli raketkasiga qarshi kortga chiqdim. O'yin vaqtida tizzamdan jarohat oldim. Hozir ancha yaxshiman. Bugun Toshkentga qaytaman", - deydi tennischimiz.
Eslatib o'tamiz, Jo'rabek chorak finalda greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni 6:3 hisobida o'z foydasiga hal qilgan tennischimiz, ikkinchi setda jarohati sababli o'yinni davom ettira olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar