07 dek 07:53
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Qatar turniridagi ishtirokini to'xtatdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov ham ishtirok etayotgan edi. Hamyurtimiz ilk davrada qatarlik Jabbor Al-Mutavadan ustun kelgandi.
Afsuski, u ikkinchi davra uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Jo'rabek turnirning uchinchi raketkasi shveciyalik Markus Erikssonga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda shved tennischisi 5:7, 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, 19 yoshli Jo'rabek Karimov dunyo reytingida 616, 28 yashar Markus Eriksson esa 314-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar