19 sen 15:42
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Qozog'istondagi turnirni g'alaba bilan boshladi
CHimkentda erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu turnirda ishtirok etayotgan tennischimiz Jo'rabek Karimov ilk bosqichda mezbonlar vakili Grigoriy Lomakinga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 4 daqiqa davom etgan o'yinda Jo'rabek raqibini 6:2, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi rossiyalik Vladimir Polyakov bo'ladi.
Turnirda ishtirok etayotgan boshqa tennischilarimiz Pavel Coy, SHarobiddin Abzalov, Danis Baybekov, Sergey Fomin kabi tennischilarimiz esa ilk bosqichdayoq mag'lubiyatga uchrashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar