14 mar 09:14
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Qozondagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini boshladi.
Kazan Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz birinchi davra uchrashuvida rossiyalik Yan Sabaninga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 45 daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz raqibini 7:6(3), 6:4 hisobida mag'lub etdi. Bugun Jo'rabek turnirning ikkinchi bosqich uchrashuvida yana bir mezbon tennischi Timur Kiyamovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar