15 mar 08:16
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Qozondagi turnirda chorak finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Kazan Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz birinchi davrada rossiyalik Yan Sabaninni 7:6(3), 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Kecha vakilimiz ikkinchi davra uchrashuvida ham zafar quchdi. Bu safar u yana bir mezbon tennischi Timur Kiyamovga qarshi bahs olib bordi va raqibini 2:6, 7:5, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar