17 mar 08:17
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Qozondagi turnirning finalida o'ynaydi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Kazan Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz kecha yarim finalda turnirning beshinchi raketkasi rossiyalik Pavel Kotovga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda Jo'rabek reytingda o'zidan yuqorida turgan raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Bugun u hal qiluvchi final uchrashuvida yana bir rossiyalik Roman Safiulinga qarshi bahs olib boradi. Safiulin turnirda oltinchi raqam ostida harakat qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar