26 jan 08:45
Yangiliklar

Jo'rabek Karimov: "Serbiyaga qarshi oson bo'lmasligini bilamiz, biz kurashamiz"
"Devis Kubogi" rasmiy sayti O'zbekiston terma jamoasi azosi, asosiy mashg'ulotlarini Serbiyada olib boradigan iqtidorli tennischimiz Jo'rabek Karimovning fikrlarini taqdim etdi.
"Belgradda do'stlarim ko'p. Men serb tilini bilaman va serbcha qo'shiqlar eshitaman. U erdagi insonlarni yaxshi ko'raman. Doimo "ikkinchi uyim"ga jon-jon deb boraman. Serbiya terma jamoasining barcha tennischilarini bilaman. Yanko Tipsarevich akademiyasida ularning ko'pi bilan mashg'ulot o'tkazganman. Ulardan ko'p narsa o'rganganman.
Biz o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynaymiz. Denis bizning eng kuchli qurolimiz. Serbiyaga qarshi o'yin oson bo'lmasligini bilamiz. Biz kurashamiz. Barchamiz g'alaba qozonishni istaymiz", - dedi Jo'rabek Karimov.
Fikrlar