24 may 19:08
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov Ukrainada yarim finalga chiqdi
Ukrainada tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Mazkur turnirda hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham ishtirok etyapti.
Bugun tennischimiz musobaqaning chorak finalida ukrainalik Oleg Dolgosheevga qarshi kortga chiqdi va 6:1, 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Endi u final yo'llanmasi uchun musobaqaning to'rtinchi saralangan tennischisi - braziliyalik Jordan Korreraga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar