10 avg 14:43
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Karimov yarim finalda 129 daqiqalik uchrashuv o'tkazdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti. Hozirgina hamyurtimiz yarim final uchrashuvini o'tkazdi.
Musobaqaning uchinchi raqamli ishtirokchisi bo'lgan Jo'rabek final chiptasi uchun isroillik Igor Smilanskiga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda Jo'rabek turnirning beshinchi raketkasini 1:6, 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar