30 sen 12:30
Yangiliklar
Jo'rabek Karimov yarim finalda yutqazdi, finalda “o'zbekcha derbi” bo'lmaydi
Xabar berganimizdek, bugun turnirning uchinchi raketkasi sifatida etirof etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev final chiptasini kurashchsiz qo'lga kiritgan edi.
Uning yarim finaldagi raqibi rossiyalik Mixail Fufugin jarohati sabab kortga chiqmagan va buning natijasida Fayziev kurashsiz finalga yo'llanma olgandi.
Hozirgina yana bir tennischimiz Jo'rabek Karimov ham final chiptasini rasmiylashtirdi. Fayzievdan farqli ravishda Jo'rabek uch setli murakkab uchrashuv o'tkazdi.
Turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz musobaqada beshinchi raqam ostida harakat qilgan estoniyalik Vladimir Ivanovga qarshi kortga chiqdi. Uch soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda Ivanov 7:5, 1:6, tay-brekda 7:6(4) hisobida zafar quchdi.
Fikrlar
Aniqroq malumot yozinglar xato yozmasdan