31 avg 07:45
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek katta tanaffusdan so'ng qaytishini g'alaba bilan boshladi
Serbiyaning Zlatibor shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Istedodli tennischimiz ilk davrada shveycariyalik Maksimilyan Gatevga qarshi kortga chiqdi.
Ushbu bahsda Karimov 6:4, 6:2
hisobida g'alaba qozondi. Bugun Jo'rabek chorak final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda
turnirning beshinchi raketkasi, chernogoriyalik Lyubomir CHelobikka qarshi bahs olib
boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar