04 noy 10:08
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Malayziya turniri yarim finalida kortga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Jo'rabek bugun yarim final uchrashuvida turnirning to'rtinchi raketkasi gollandiyalik Skott Griekspurga qarshi kortga chiqdi.
Birinchi setda Jo'rabek raqibiga bironta geymni boy
bermadi -
6:0. Lekin keyingi ikki setda charchab qolgan
hamyurtimiz Skottga 1:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi
ishtirokini yakunladi. Hozirgina yakuniga etgan yarim final uchrashuvi 1 soatu 36
daqiqa davom etdi.
Malumot uchun, Jo'rabek Karimov kecha juftlik musobaqasida bosh mukofotni qo'lga kiritgandi. Jo'rabek dunyo reytingida 730, Skott esa 505-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar