18 okt 08:25
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Malayziyadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyaning Kuching shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslaridagi ilk davra uchrashuvini o'tkazdi. Jo'rabek rossiyalik Aleksandr Malcevga qarshi kortga chiqdi.
Bu tennischi saralash bahslari orqali asosiy to'rga
yo'llanma olgandi. Uchrashuvda Karimov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1,
6:1. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi bugun aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar