02 noy 08:06
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Malayziyadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan turnirning chorak finaliga yo'llanma oldi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Jo'rabek hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra bahsida xitoylik Aoran Vongni mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda Karimov 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Malumot uchun, Jo'rabek Karimov ilk bosqich uchrashuvida musobaqaning
birinchi raketkasi, Xitoy Taypeyi vakili Ti CHenni uch set natijasiga ko'ra
mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar