25 iyu 16:05
Yangiliklar

Jo'rabek "o'zbek derbisi"da yutib turgan bahsini yakuniga etkaza olmadi
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada o'zbekistonlik tennischilar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti. Bundan bir necha daqiqa avval o'ziga xos o'zbek derbisi maqomidagi uchrashuv yakunlandi.
Unda Jo'rabek Karimov va Saidalo Saidkarimov o'zaro to'qnash kelishdi. Istedodli Jo'rabek turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Saidaloni 4:2 hisobida mag'lub eta turib, uchrashuvni yakuniga etkaza olmadi. Bunga uning jarohati sabab bo'ldi.
SHu tariqa, Saidkarimov qiyinchiliksiz chorak final ishtirokchisiga aylandi. Endi Saidalo yarim final chiptasi uchun belaruslik Mikalay Xalyakka qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi bugun turnirning sakkizinchi raketkasi turkiyalik Koray Kirchini 6:1, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Fikrlar