31 okt 12:29
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek o'zidan 412 pog'ona yuqoridagi tennischini mag'lub etdi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyadagi "Fyuchers" turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Bugun vakilimiz turnirda birinchi raqam ostida saralangan Xitoy Taypeyi tennischisi Ti CHenga qarshi kortga chiqdi.
123 daqiqa davom etgan o'yinda Jo'rabek raqibini 6:2, 3:6, 7:5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Malumot uchun, Jo'rabek dunyo reytingida 730-o'rinni egallab turibdi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Ti CHen esa reytingda 318-pog'onada bormoqda. Xitoy Taypeyi vakili 34 yoshni qarshiladi, Jo'rabek esa 19 yoshda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar