07 mar 18:06
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek Rossiya turniri yakkaligidagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Almetivsk shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etayotgandi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Jo'rabek turnirning beshinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgandi. Hozirgina hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Uning raqibi rossiyalik Dmitriy Voronin bo'ldi. Saralash musobaqasi orqali asosiy to'rga etib kelgan bu tennischi ilk bosqichda hamyurti Dmitriy Minushkindan 6:0, 6:0 hisobida ustun kelgandi. Roppa-rosa bir yarim soat davom etgan bahsda Voronin 7:5, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar