20 okt 08:21
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek uchinchi bahsida ham 6:1, 6:1 hisobida zafar quchdi, u yarim finalda!
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyaning Kuching shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Bundan bir necha daqiqa avval hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslari chorak final uchrashuvida kortga chiqdi. Uning raqibi qozog'istonlik Denis Evseev bo'ldi.
Evseev turnirning uchinchi raketkasi bo'lib, reytingda Karimovdan ancha yuqorida turgandi. SHunga qaramay, terma jamoamiz azosi kuchli raqibini 6:1, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning yarim finaldagi raqibi birozdan so'ng aniqlanadi.
Etiborlisi,
Jo'rabek Karimov uchchala raqibini ham bir xil 6:1, 6:1 hisoblarida mag'lub
etishning uddasidan chiqdi. Bunaqasi katta tennisda ham kamdan-kam uchraydigan
holat.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar