06 noy 09:41
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek va Saidalo Quvaytdagi turnirda, raqiblar malum
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Saidalo Saidkarimov bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi Quvayt davlatidagi turnirda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Meshref shahri mezbonlik qilayotgan ushbu “Fyuchres” turkumiga kiruvchi turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Jo'rabek ilk davrada xorvatiyalik Alen Rojik Xadzalichga qarshi kortga chiqadi.
Saidkarimov esa turnirning ettinchi raketkasi
gollandiyalik Skott Griekspur bilan hisob-kitob qiladi. Jo'rabek shanba kuni Malayziyadagi
turnirning yarim finalida aynan Skottga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ikki
tennischimiz chorak finalda o'zaro to'qnash kelib qolishlari mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar