28 okt 07:53
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabek yarim finalda o'zidan 343 pog'ona yuqoridagi tennischini mag'lub etdi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov yakkalik bahslarida final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jo'rabek hozirgina yakuniga etgan va 1 soatu 13 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida yaponiyalik Ken Onishini 6:1, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, 19 yoshli Jo'rabek dunyo reytingida 1029-o'rinni
egallab turibdi. Turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan 21 yoshli Onishi esa 686-pog'onadan
joy olgan. Karimov Kendan 343 o'rin pastda joylashgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar