02 noy 11:44
Yangiliklar
Tennis

Jo'rabekning Malayziya turniri chorak finalidagi raqibi malum
Xabar berganimizdek, istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan turnirning chorak finaliga yo'llanma olgan edi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Jo'rabek bugun ikkinchi davra bahsida xitoylik Aoran Vongni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etgandi.
Bir necha daqiqa avval uning yarim final ostonasidagi
raqibi malum bo'ldi. Asli kelib chiqishi livanlik bo'lgan va ayni paytda AQSH sharafini
himoya qilayotgan Xabib Xedi ertaga o'tkaziladigan chorak final bahsida Jo'rabekka
qarshi kortga chiqadi.
19 yoshli Xabib dunyo reytingida 1149-o'rinni egallab turibdi. Bugun u 2 soatu 19 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida britaniyalik Jonatan Greyni 6:4, 6:7(5), 6:1 hisobida mag'lub etdi. Grey reytingda 663-pog'onadan joy olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar