25 fev 16:45
Yangiliklar
Tennis
Jordan Tompson faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi
Meksikaning Los-Kabos shahrida tennis bo'yicha o'tkazilgan ATP turniri avstraliyalik Jordan Tompsonning g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning 40-raketkasi bo'lib kelgan Yashil qita vakili final bahsida dunyoning 12-raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruudni mag'lubiyatga uchrata oldi - 6/3, 7/6(4). Jordan ushbu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisobda oldinga chiqib oldi - 3:2.
Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda Tompson 7 ta eys, 1 ta qo'shxato, 3 ta breykka erishdi. Tompson faoliyatidagi ilk sovrinni aynan Los-Kabosda qo'lga kiritdi. Muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi hamda 139,190 dollar keltirdi. Ruud esa 165 ochko va 81,195 dollarlik bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar