01 iyu 13:45
Yangiliklar
Tennis
Jumxur Antaliyadagi turnirda tengsiz bo'ldi
Bosniyalik tennischi Damir Jumxur Turkiyaning Antaliya shahrida yakunlangan turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Dunyo reytingida 30-o'rinni egallab turgan Jumxur final uchrashuvida ATP reytingida 24-pog'onadan joy olgan ispaniyalik Adrian Mannarinoni 6:1, 1:6, 6:1 hisobida dog'da qoldirdi.
Antalya Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Damirga 76 020 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlardagi natijasi esa 2:0 ko'rinishga keldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar