31 avg 07:20
Yangiliklar
Tennis

Kamola Umarova Almatidagi ishtirokini yakunladi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada bir guruh tennischi qizlarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Kamola Umarova ikkinchi davrada o'z yurishini to'xtatdi.
Istedodli tennischimiz chorak
final yo'llanmasi uchun kechgan uchrashuvda turnirning beshinchi raketkasi, rossiyalik
Polina Leykinaga 5:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kamola birinchi
davrada qozog'istonlik Darya Detkovskayadan 6:1, 6:0 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar