So’nggi yangiliklar

13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0

13 may 11:17
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamonchilarimiz katta safar ostonasida

Teglar :  Kamondan otish
Bugun kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketadi.

Kecha MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov safar oldidan terma jamoamiz vakillari bilan uchrashdi.

Rejaga ko'ra, jamoamiz 17 iyunga qadar Antalyada bo'ladi. Ushbu yig'in terma jamoamizga 18-21 iyun kunlari Parijda o'tadigan so'nggi licenzion musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi vazifasini o'tab beradi. Suhbat davomida MOQ rahbari terma jamoamiz vakillari bilan yana bir bor suhbatlashib, ularning kayfiyati, ijtimoiy sharoiti bilan tanishdi. Qayd etish joiz, mazkur uchrashuvda federaciya rahbariyati, murabbiylar shtabi, sportchilardan birining ota-onasi ham ishtirok etdi.

“Kamondan otish sportida yurtimiz tarixida Olimpiadaga yo'llanma oladigan ilk sportchilar Sizlar bo'lishingiz kerak. Muhtaram Prezidentimiz barpo etayotgan Yangi O'zbekistonga yangi g'alabalar taqdim qilish barchamizning maqsadimiz. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan bu borada zarur barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Buning uchun Sizlardan mashg'ulot va musobaqalarda boringizni berishingizni so'raymiz”, – dedi MOQ raisi.

Uchrashuv yakunida MOQ rahbari sportchi va murabbiylarga bo'lajak safardan yorug' yuz bilan qaytishlarini tilab qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing