So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

04 may 07:56
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamondan otish bo'yicha mamlakat chempionati yakunlandi

Teglar :  Kamondan otish
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida kamondan otish bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Unda Respublikamizning Navoiy, Surxondaryo, Farg'ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan sara merganlar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Reglamentga ko'ra, musobaqa 60 va 70 metr (Olimpiadaga kirgan masofa) masofalarda o'tkazildi. Kutilganidek, poytaxtlik kamonchilar yakunda o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Ularga Navoiy va farg'onalik sportchilar asosiy raqobatni yuzaga keltirishdi. 

G'olib va sovrindorlar ro'yxati bilan tanishing:

60+60 m.ga:

Yoshlar o'rtasida:

1-o'rin – CHen Yao Yuy (Toshkent)

2-o'rin – Jamshid Xojaev (Toshkent)

3-o'rin – G'anisher Samatov (Navoiy)


Qizlar o'rtasida:

1-o'rin – Maftuna Mahmudova (Toshkent)

2-o'rin – Malika Kamalova (Toshkent)

3-o'rin – Nilufar Hamroeva (Toshkent)


Olimpik raundi:

Yoshlar o'rtasida:

1-o'rin – G'anisher Samatov (Navoiy)

2-o'rin – CHen Yao Yuy (Toshkent)

3-o'rin – Tigran Esanov (Farg'ona)


Qizlar o'rtasida:

1-o'rin – Maftuna Mahmudova (Toshkent)

2-o'rin – Nilufar Hamroeva (Toshkent)

3-o'rin – Munisa Yo'ldosheva (Toshkent)


MIX bellashuvi (aralash jamoa):

1-o'rin – Beknur Nasriddinov, Malika Kamalova (Toshkent)

2-o'rin – CHen Yao Yuy, Maftuna Mahmudova (Toshkent)

3-o'rin – Temurbek Amriddinov, Munisaxon Lutfullaeva (Terma jamoa)


Jamoa bellashuvi:

Yoshlar o'rtasida:

1-o'rin – Toshkent-1

2-o'rin – Terma jamoa-1

3-o'rin – Navoiy


Qizlar o'rtasida:

1-o'rin – Toshkent-1

2-o'rin – Toshkent-2

3-o'rin – Farg'ona

Takidlash joiz, mazkur musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun selekciya vazifasini o'tab berdi. Unda o'zini ko'rsatgan sportchilar terma jamoa tarkibiga jalb qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing