So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

12 okt 16:20
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamondan otish: o'smirlar o'rtasida O'zbekiston kubogi yakunlandi

Teglar :  Kamondan otish
O'zbekiston kamondan otish federaciyasining Toshkent shahridagi sport bazasida 5-9 oktyabr kunlari o'smirlar o'rtasida 70 metrga kamondan otish bo'yicha mamlakat kubogi musobaqasi o'tkazildi.

Unda Surxondaryo, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridan yosh kamonchilar g'oliblik uchun bahs yuritishdi.

9 oktyabr kuni mazkur musobaqaning final bosqichiga yo'l olgan jamoalar o'rtasidagi qizg'in va murosasiz bahslarni federaciya rahbariyati, Milliy olimpiya qo'mitasi va boshqa hamkor vazirlik hamda tashkilot vakillari, shuningdek 1000 nafarga yaqin kamondan otish sportiga qiziquvchi yoshlar kuzatib borishdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindor jamoalar hamda sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildi.

Tadbirda O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi R.Djuraev so'zga chiqib, to'rt kun davom etgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston kubogi bir qancha iqtidorli sportchilarni aniqlab bergani va ushbu sport turini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar albatta o'z samarasini ko'rsatishini alohida takidladi.

SHuningdek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni sportga jalb etish, sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar qatorida kamondan otish sport turiga alohida etibor qaratilib, 2021 yil 17 iyunda “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident qarori imzolangani va shu asosda ushbu sport turini rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilganligiga alohida urg'u berildi.

Kamondan otish avloddan-avlodga o'tib, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi tarixiy shaxslardan bizgacha etib kelgan bebaho meros bo'lgan milliy sport turi ekanligi va ular asos solgan ananalarga tayangan holda, bugun O'zbekistonda kamondan otish sportini rivojlantirish va ushbu sport turini yanada yuqori bosqichlarga olib chiqish borasida aniq rejalar belgilab olinganligi aytib o'tildi.

Federaciya raisi so'zining yakunida, bundan keyin kamondan otish sporti O'zbekistonda eng sharafli va ommabop sport turiga aylanashiga va bunga erishishda sportchilar hamda murabbiylarning shijoati, g'ayrati va sadoqatiga tayanishini takidlab, O'zbekiston kubogi ishtirokchilari hamda g'oliblarini jahon arenalari sari qo'yilgan birinchi qadamlari bilan samimiy muborakbod etdi va sportchilarimizning kelajakda yuksak marralarga erishishiga ishonch bildirdi.

SHundan so'ng g'olib jamoalar va sportchilarga tashkilochilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar tantanali ravishda topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing