28 noy 17:17
Yangiliklar
Kamondan otish. O'zbekiston yakkalik bahslarida Olimpiada licenziyasidan mahrum bo'ldi
Afsuski, licenzion turnir vakillarimiz uchun omadsiz yakunlanadigan bo'ldi.
Osiyo chempionatida hamyurtimiz Ziyodaxon Abdusattorova to'rtinchi o'rinni egallagan bo'lsa ham Olimpiada yo'llanmasi uchun kechgan bahsda uchinchi davrada (kuchli 16 talik) ishtirokini yakunladi. SHuningdek, yigitlarimizdan faqatgina Zokirjon G'ofurov chorak finalgacha etib bordi. Vakilimiz ushbu bosqichda eronlik Amin Piralinajafabadiga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Reglamentga ko'ra, licenzion turnirda g'olib va sovrindorlargina Tokio-2020 yo'llanmasiga ega bo'lishar edi. Afsuski, Tokio Olimpiadasida kamondan otish bo'yicha yakkalik bahsida hamyurtlarimiz ishtirok eta olmasligi oydinlashdi. Endi vakillarimiz oldida kelasi yilning 22-28 iyun kunlari Berlin (Germaniya) shahrida o'tadigan yana bir kvalifikacion musobaqa qoldi xolos. Jahon miqyosida kechadigan mazkur musobaqada faqat jamoaviy yo'nalishda licenziyalar o'ynaladi.
Fikrlar