So’nggi yangiliklar

09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0

16 noy 18:10
Yangiliklar

O'q otish

Kamondan otish. Turkiyadan tashrif buyurgan murabbiy ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi

Teglar :  Kamondan otish
Xabaringiz bor, O'zbekiston va Turkiya kamondan otish federaciyalari o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishgan.

Ikki tomon o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, o'zbekistonlik sportchilar Turkiyada qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etadilar. O'z navbatida turkiyalik murabbiylar ham O'zbekistonga tashrif buyurib, bu erdagi hamkasblari bilan tajriba almashish, master-klass o'tkazib berishlari lozim edi.

Bundan bir necha kun oldin Turkiyada faoliyat olib borayotgan murabbiy Vladimir Lekvishvili Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurgan va Bosh kotib Jasur Matchanov bilan uchrashib, O'zbekistonda kamondan otish sport turini rivojlantirish bo'yicha bir qator muhim masalalarni muhokama qilgandi.

Murabbiy tashrifi davomida Samarqandda MOQ sovrini uchun o'tkazilayotgan O'zbekiston kubogiga ham bordi. U erda Lekvishvili terma jamoamiz uchun munosib nomzodlarni saralab olishda murabbiylarimizga yordam bermoqda. Bugun Samarqandda Vladimir Lekvishvili ishtirokida o'zbekistonlik murabbiylar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Olimpiya o'yinlari, jahon va Evropa chempionati sovrindorlarini tarbiyalagan murabbiy o'z darslari davomida mashg'ulotlar samaradorligini oshirish, muvaffaqiyatli ishtirok omillari haqida gapirib berdi. SHuningdek, o'zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi mashg'ulotlarni kuzatgan murabbiy bu borada o'z tahlilini, hulosalarini malum qildi.

Eslatib o'tamiz, kamondan otish bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun Samarqandda o'tkazilayotgan O'zbekiston kubogi ertaga nihoyasiga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing