12 may 12:11
Yangiliklar
Tennis
Kanada Busharni moliyaviy tomondan "podderjka" qilmaydi
Kanada tennis federaciyasi hamda Banque Nationale milliy banki reytingi past bo'lgan mamlakat tennischilarini moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqdi.
Unga ko'ra ATP va WTA yakkalik reytingida 100-o'rindan 750-pog'onagacha, juftlikda 25-100 oraliq, yosh tennischilarda TOP-100, kolyaska, yani aravachalardagi paralimpiyachilarda TOP-50 oraliqdan joy olgan tennischilarga mos ravishda 10 ming dollardan 20 ming dollargacha yordam puli beriladi.
Ushbu ro'yxatdan jami 23 nafar tennischi joy olgan. Kanadalik tennis malikalari Ejeni Bushar hamda Gabriela Dabrovski bu talablarning birontasiga to'g'ri kelmadi. Bu ikki tennischi faoliyatlari davomida 2,5 million dollar ishlab topib bo'lishgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar