29 may 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo - Bivol bilan revansh haqida: "Yana bir bor urinib ko'raman"
31 yoshli meksikalik bokschi Saul Alvares Dmitriy Bivol bilan ehtimoliy revansh jangi haqida fikr bildirdi.
"Albatta, yana bir bor urinib ko'raman. Men ehtirosli, qatiyatli insonman. Vazn yig'ishga, shu kamarni yutishga harakat qildim, ammo o'xshamadi. Biroq, yana harakat qilamiz. Ikkinchi jangda jismoniy holatim ancha yaxshi bo'ladi. Men 12 raundlik jangga tayyorlanaman", - deya Saul Alvaresning so'zlarini keltiradi DAZN.
Malumot o'rnida, Dmitriy Bivol — Saul Alvares jangi 8 may sanasida, Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida bo'lib o'tdi. Jangda rossiyalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'olib deb topildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar