22 sen 17:58
Yangiliklar
Kanelo: "Iltimos, meni hurmat qiling"
"Bunga aniq javob bera olmayman, hamma narsa bo'lishi mumkin. Bu haqida gapirishni boshlasam OAV hammasini o'zi xohlaganidek yozishni boshlaydi. Meksikaliklar bilan jang qilishni istamasligimni aytganimda, men Meksika vakili ekanligimni nazarda tutgandim. Menga farqi yo'q. Istalgan jangchiga qarshi ringga chiqishga tayyorman.
Men Benavidezning otasining gapini eshitdim. Uning yutuqlariga qarang - hech narsa yo'q. Uning faoliyatida faqat bitta chempion - Entoni Dirrell bor. Iltimos, menga hurmatda bo'ling", - dedi Kanelo matbuot anjumanida.
Avvalroq, Bivolning menejeri Kaneloga qarshi revansh jangi qachon bo'lishini malum qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Las-Vegasda bo'lib o'tgan boks oqshomida Saul Alvares ochkolar hisobida Golovkinni mag'lub etdi.
Fikrlar