01 sen 18:05
Yangiliklar
Tennis

Kanepi so'nggi ikki yil ichidagi ilk "Ulkan toj"ida uchinchi bosqichiga chiqdi
Dunyoning sobiq 15-raqamli tennischisi Kayya Kanepi AQSH ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida Yanina Vikmaerni mag'lub etib, uchinchi bosqichga yo'l oldi.
32 yoshli estoniyalik sportchi so'nggi ikki mavsumni Epshteyn Barr virusi sabab o'tkazib yuborgandi. SHu yil yozda faoliyatini tiklagan Kanepi orada ikkita ITF turnirida g'olib chiqishga ham ulgurdi. AQSH Ochiq chempionati saralash bosqichida esa birinchi saralangan tennischi Su Veyni mag'lubiyatga uchratdi.
Endi u uchinchi bosqichda 19 yoshli yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : wtatennis.com
Fikrlar