26 okt 08:47
Yangiliklar
Karacev Top-20`da debyut qilgan reytingda Denis Istomin 21 pog'ona pastladi
Bu hafta Top-10 reytingida kichik o'zgarish kuzatildi. Norvegiyalik tennischi Kasper Ruud bir pog'ona yuqorilab, Dominik Tim bilan o'rin almashdi. "VTB Kreml Kubogi" chempioni Aslan Karacev ATP reytingining kuchli 20 taligida debyut qilgan bo'lsa, Antverpenda g'alaba qozongan 20 yoshli Yannik Sinner jahonning 11-raketkasiga aylandi.
Reytingni serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda, rossiyalik Daniil Medvedev ikkinchi, greciyalik Stefanos Cicipas uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin reytingda 21 pog'onaga pastladi, Humoyun Sultonov esa o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi.
ATP reytingi. 25 oktyabr kungi holat
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) - 11 430 ochko
2 (2). Daniil Medvedev (Rossiya) - 9630
3 (3). Stefanos Cicipas (Greciya) - 7930
4 (4). Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6680
5 (5). Rafael Nadal (Ispaniya) - 5635
6 (6). Andrey Rublyov (Rossiya) - 5560
7 (7). Matteo Berrettini (Italiya) - 4858
8 (9). Kasper Ruud (Norvegiya) - 3615
9 (8). Dominik Tim (Avstriya) - 3405
10 (10). Xubert Gurkach (Polsha) - 3378
O'zbekistonlik tennischilarning ATP'dagi o'rni:
252 (231). Denis Istomin - 235
387 (387). Humoyun Sultonov - 108
550 (555). Sanjar Fayziev - 58
703 (714). Sergey Fomin - 33
931 (941). Jo'rabek Karimov - 14
Fikrlar